Uzbek Language Learning Podcasts   /     Uzbek podcast 121405

Summary

Yuragida o`ti bo`lsa yaxshi, o`tida tosh bo`lmasin! O`zbekistonda o`tida tosh yig`ilish bilan bog`liq kasalliklarga chalinganlar soni tobora oshib bormoqda. Buni o`t toshi tufayli jarroh stoliga yotayotganlar sonining oshib borayotgani ham tasdiqlaydi. Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko`ra, dunyo aholisining 15 foizida o`t toshi kasalligi bor. Har 10 erkakdan birida, har 5 ayoldan birida ayni kasallik kuzatiladi. O`zbekistonda o`tida toshi borlar ko`payib ketayotgani sabablaridan biri ekologiyaning yomonlashuvi ekani aytilmoqda. Shifokor O`ktamjon Ma’rupovning so`zlariga ko`ra, joriy yilning shu davrigacha u ishlaydigan shifoxonada 400 bemorda o`t toshi bilan bog`liq jarrohlik amaliyoti o`tkazilgan. “Keyingi paytlarda sanoat korxonalari joylashgan hududlarda bu kasallik ko`paymoqda. Bu kasallik o`t xaltasining dimlanib qolishi, o`t xaltasining yallig`lanishi va organizmdagi modda almashinuvi buzilishi oqibatida kelib chiqadi”, - dedi shifokor. O`. Ma’rupovning bildirishicha, O`zbekistonda bu kasallik ko`proq ayollarda, yanayam ko`proq semiz ayollarda uchraydi. Chunki ular kamharakatdir. Uning qo`shimcha qilishicha, o`zbekistonliklar kasallik avj nuqtasiga yetgandagina shifokorga murojaat qiladi. Vaholanki, kasallikning ilk bosqichida toshlarni eritish orqali undan osonroq forig` bo`lish mumkin.O`tida tosh bor ayolning ta’kidlashicha, O`zbekistonda bunday bemorlarning davolanishiga shifoxonada ko`rsatiladigan tibbiy xizmatning qimmatligi to`siq bo`lmoqda. Uning o`tida tosh borligi birinchi marta aniqlanganida shifokorlar 60 ming so`mlikka yaqin dori-darmon yozib bergan. Biroq bu dorilarning birortasi kor qilmagan. “So`nggi paytlarda kasalim tez-tez xuruj qilyapti. Operatsiyaga esa o`rtacha 200-500 dollar kerak”,-deydi bemor ayol.

Subtitle
Authentic listening materials for students of Uzbek from CeLCAR
Duration
3:05
Publishing date
2005-12-14 20:00
Link
http://www.indiana.edu/~celcar/podcasts/uzbek/uzbek121405.mp3
Contributors
  СeLCAR, Indiana University
author  
Enclosures
http://www.indiana.edu/~celcar/podcasts/uzbek/uzbek121405.mp3
audio/mpeg