Uzbek Language Learning Podcasts   /     Uzbek podcast 012706

Summary

O‘zbekiston Respublikasi Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga rasman a’zo bo‘ldi Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar rahbarlari Davlatlararo kengashining Sankt-Peterburg sammitida O‘zbekiston Respublikasi mazkur tashkilotga rasman a’zo bo‘ldi. Davlatlararo kengashning kengaytirilgan tartibdagi majlisida Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Albatta, O‘zbekiston Hamjamiyat safiga qo‘shilganidan keyin tashkilotning mazmun-mohiyati sezilarli darajada o‘zgaradi. Demak, tashkilotning rejalarini, uning doirasidagi ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarning mexanizmlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish lozim. Prezidentlar bu xususda fikr almashar ekanlar, Hamjamiyatning faqat iqtisodiy tuzilma emas, xalqaro tashkilot sifatida ham nufuzi oshib borayotganini ta’kidladilar.Shu o‘rinda Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati haqida. 1995 yilda tuzilgan Bojxona ittifoqi negizida tashkil topgan Hamjamiyatning strategik maqsadlari a’zo davlatlar o‘rtasida integratsiyani rivojlantirishga qaratilgan. Bu murakkab vazifa bosqichma-bosqich Erkin savdo zonasini tashkil etish, keyinchalik Bojxona ittifoqini tuzishdan iborat. Bularning barchasi yagona umumiy bozor shakllanishiga olib keladi.Bugun bu atamaning mohiyatini alohida ochishga hojat yo‘q. Umumiy bozorni ta’riflash uchun hozirgi Yevropa Ittifoqini misol keltirishning o‘zi kifoya. Ya’ni, a’zo mamlakatlar orasida ishchi kuchi, tovarlar va xizmatlar erkin harakatda bo‘ladi. Bojxona to‘lovlari faqat uchinchi mamlakatdan keladigan tovarlar uchun joriy etiladi va ular ham bir marta olinadi.

Subtitle
Authentic listening materials for students of Uzbek from CeLCAR
Duration
3:05
Publishing date
2006-01-27 20:00
Link
http://www.indiana.edu/~celcar/podcasts/uzbek/uzbek012706.mp3
Contributors
  CeLCAR, Indiana University
author  
Enclosures
http://www.indiana.edu/~celcar/podcasts/uzbek/uzbek012706.mp3
audio/mpeg