Sevishganlar kuni Sovet Ittifoqi davrida 23 fevral Qizil Armiya kuni sifatida, shuningdek, erkaklar bayrami sifatida nishonlangan. Bu kunda xotin-qizlar otalariga, turmush o‘rtoqlariga, sevgan yigitlariga, do‘stlariga, erkak kasbdoshlariga sovg‘alar berib, ularni tabriklashgan. Hozirda Rossiyada 23 fevral Vatan himoyachilari kuni sifatida nishonlanadi. Vatan himoyachilari kuni O‘zbekistonda 14 yanvarda nishonlanadi. 8 martda esa Xotin-qizlar kuni bayram qilinadi. Garchi 8-martni xotin-qizlar bayrami sifatida nishonlash 1910 yil Kopengagenda Klara Setkin taklifi asosida qabul qilingan bo‘lsa-da, qadimda O‘zbekistonda erta bahor ayollar oyi (Isfandarmo‘z) hisoblanib, shu oyning 5-kuni maxsus nishonlangan. Keyingi yillarda O’zbekistonda 14 fevral kunini Sevishganlar kuni (Valentin kuni) sifatida nishonlash asta-sekin ommaviylashib bormoqda. Biroq o‘zbeklar orasida bu bayramni nishonlash to‘g‘risida turlicha qarashlar mavjud. Jumladan, ko‘pchilik ota-onalar, o‘qituvchilar mazkur bayramni diniy, milliy va mafkuraviy nuqtai nazardan o‘zbek mentalitetiga to’g’ri kelmasligini aytishmoqda. Ularning fikricha, Sevishganlar kuni o‘zbek urf-odatlariga zid bayram bo‘lib, u yoshlarning tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Aksariyat o‘zbek yoshlari esa Sevishganlar kuni yoshlarning ongiga singib, ko‘nglidan joy olgan, uni ta’qiqlab bo‘lmaydi, deb hisoblashadi.